Bugun Yevropa Ligasining chorak final javob uchrashuvlari bo'lib o'tadi. To'rtta juftlikda jamoalar yarim finalga chiqish uchun kurash olib borishadi.
Jumladan, Portugaliyaning "Benfika" jamoasi o'z maydonida Gollandiyaning "AZ Alkmar" klublini qabul qiladi. Yana bir Portugaliya vakili - "Portu" bo'lsa safarda "Sevilya" mehmoni bo'ladi.
Futbol ishqibozlarini Turinda ajoyib o'yin kutmoqda. Mahalliy "Yuventus" jamoasi muxlislari qarshisida Frantsiyaning "Lion" klubini qabul qiladi.
"Valensiya" – "Bazel" uchrashuvi ham ko'pchilikning diqqat markazida bo'lishi turgan gap.
Ushbu tur anonsi bilan tanishing:
Benfika (Portugaliya) – AZ Alkmar (Gollandiya)
Yuventus (Italiya) – Lion (Frantsiya)
Valensiya (Ispaniya) – Bazel (Shveytsariya)
Sevilya (Ispaniya) – Portu (Portugaliya).
|